23:52 / 13.05.2017
8 192

Toshkentdagi dahshatli YTHda 2 yoshli qizcha halok bo‘ldi

Toshkentdagi dahshatli YTHda 2 yoshli qizcha halok bo‘ldi
Kecha, 12 may kuni taxminan soat 18:30 da Shayxontohur tumani Shofayz ko‘chasidagi 43-uy ro‘parasida dahshatli avtohalokat sodir bo‘ldi.

1968 yilda tug‘ilgan Mercedes Benz haydovchisi mashinada 2015 va 2014 yilda tug‘ilgan ikki nabirasini qoldirib, do‘konga savdo qilish uchun kirib ketgan. 2015 yilda tug‘ilgan qiz nabirasi mashinadan chiqib, avtomobil orqasida o‘ynamoqchi bo‘lgan. Ikkinchi nabira esa qo‘l tormozini tortib, orqadagi qizaloqni urib yuborgan.

Qattiq jarohat olgan qizaloq 1-shahar klinik shifoxonasiga olib borilayotgan vaqtda vafot etgan.

Tahririyatimiz nomidan marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi dahshatli YTHda 2 yoshli qizcha halok bo‘ldi