Toshkentda 3,2 kg giyohvand moddalar muomalasiga chek qo‘yildi

Toshkentda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor tadbirlari davomida giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq bir nechta holat fosh etildi. SGB va GUVD xodimlari poytaxtda jami 3,2 kg dan ortiq narkotik moddalar muomalasiga chek qo‘ydi.
Bektemir tumanida ikki nafar muqaddam sudlangan fuqaro ushlangan. Ular 1998 yilda tug‘ilgan. Tekshiruv vaqtida Gentra avtomobili va ijaraga olingan xonadondan 1,2 kg geroin, 100 gramm mefedron, shuningdek, elektron tarozi va qadoqlash uchun mo‘ljallangan materiallar topilgan.
Shayxontohur va Olmazor tumanlarida esa jinoiy tarmoqning yana uch nafar ishtirokchisi qo‘lga olingan. Ular 1980–1985 yillarda tug‘ilgani ma’lum qilindi. Tintuvlar davomida turar joylar va avtomobillardan 1,8 kg dan ortiq gashish hamda 46 gramm opiy olingan.
Ma’lumotga ko‘ra, ushlanganlarning barchasi avval ham shunga o‘xshash jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilgan.
Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.































Izohlar 0
…