O‘qishga, ishga borish yoki uzoqroq safarga chiqish uchun turli zamonaviy ulovlar kecha-yu kunduz xalq xizmatida. Ulovlarga televizor, radio va audiolar o‘rnatilgan. Zerikib qolmaslik uchun ular ham kerak. Ammo…
Yaqinda bir safarga chiqishga to‘g‘ri keldi. Manzilga tezroq borish maqsadida hamkasabalar tezyurar poezdga chiqdik. Temir yo‘l xodimlari xushmuomalalik bilan yo‘lovchilardan xabar olib turishdi. Bu barchaga xush keldi. Vagon turli yoshdagi yo‘lovchilarga to‘lgan. Hammaga ko‘rish qulay bo‘lgan balandroq joyga televizor o‘rnatilgan ekan. Nazoratchi yo‘lovchilarni zeriktirmaslik uchun televizorni yoqib qo‘ydi.
“Dizayn 2016”ni tomosha qilishga hamma majbur qoldi. “Kulgu ustalari” tayyorlagan behayo shou dasturdagi bachkanaliklar qanday maqsadda yo‘lovchilarga namoyish etilgani bizni hayron qoldirdi.
Mening yonimda yoshgina talaba qiz o‘tirgan edi, orqamizda esa balog‘atga etgan yigitlar o‘tiribdi. “Qiziqchi”lar sharmandalik cho‘qqisiga chiqqan vaqtda yonimdagi talaba qizda qattiq uyalish holatini sezdim. Har holda qizning uyalgani mening qalbimga ozgina taskin berdi. Ammo, bu holat yana va yana takrrorlanaversa, behayolik odatga aylanib qolmasmikan? Shariatda ham, o‘zbekchilikda ham sir saqlanishi muhim bo‘lgan holatlar bugun katta ekranlarda namoyish etilsa, ertaga yosh avlodning ahvoli nima bo‘ladi? Ularning iymon-e’tiqodini tarbiyalash o‘rniga o‘y-fikrini buzishga hatto jamoat transportlari ham xizmat qilsa, bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?..
Sharmsiz vaysashlardan eson-omon qutuldik. Televizor o‘chdi. Nazoratchi aka yana nimanidir uladi. Endi bunisi yaxshiroq bo‘lsa kerak deb o‘yladim. Chet el kinosi ekan. G‘ayritabiiy voqealar, o‘ta shovqin-suronli to‘fonlar, xullas, “kulgu” dan keyin tragedik kino namoyishi yo‘lovchilarni rosa charchatdi. “Yordam bering…”, degan qichqiriqlar asablarni qaqshatdi. Bir mahal bu kino tugagach, yana “Dizayn 2016” bir boshdan oxirigacha namoyish etildi.
Hamrohlarimiz, hammamiz ayol kishi bo‘lganligimiz bois nazoratchi akaga e’tiroz bildira olmadik. Ammo bu hodisani qog‘ozga tushirishga azmu qaror qildim. Chunki har birimiz jamiyat ma’naviyati uchun mas’ul bo‘lmog‘imiz lozim deb o‘yladim. “Ommaviy madaniyat” chegara bilmay istilo qilib olayotgan bugungi jamiyatda hech bo‘lmasa transport vositalari madaniyatsizlikka yordam bermasa yaxshiroq bo‘lar edi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari “Ijtimoiy odoblar” degan nodir qo‘llanmasining “Yo‘l odoblari” mavzusida: “Yo‘l odoblaridan yana biri kishilarni yaxshilikka chaqirib, yomonlikdan qaytarishdir. Bu ish doimo qilinadigan ishlardan ekanligini yaxshi bilamiz. Jumladan, yo‘lda jamiyat a’zolarini yaxshilikka chaqirib, yomonlikdan qaytarishga ehtiyoj juda ham kuchli bo‘ladi” (219-bet), deb yozgani fikrimizning yaqqol dalilidir. Yo‘lda turli yoshdagi va saviyadagi kishilar to‘planfgan vaqtda odob-axloq me’yorlariga mos keladigan namoyishlar taqdim etilsa jamiyat ma’naviyati rivojiga hissa bo‘ladi deb o‘ylaymiz…
Munira XO‘JAEVA,
“Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti tarbiyachi- o‘qituvchisi
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin