16:46 / 20.05.2017
6 121

Kiyevda ijtimoiy tarmoqlar yopilishi talabalarga yoqmadi

Kievda ijtimoiy tarmoqlar yopilishi talabalarga yoqmadi
50 ga yaqin talabalar Ukraina prezidenti ma’muriyati binosi atrofiga to‘planib, Rossiya ijtimoiy tarmoqlarining taqiqlanish sababini tushuntirishni ta’lab qilishdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko sanksiya qo‘llanilgan Rossiya Federasiyasining jismoniy hamda yuridik shaxslarning ro‘yxatini kengaytirish va uzaytirish bo‘yicha milliy xavfsizlik va mudofaa Kengashining qarorini ma’qullagan edi. Jumladan, Ukrainada “VKontakte”, “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoqlari hamda “Yandeks”, “Mail.ru” manbalariga ulanish taqiqlandi. Qaror 17 may, chorshanba kuni kuchga kirdi. RF TIVda ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash orqali Kiev muqobil xabarlar manbaini bloklamoqchi ekanligini ta’kidladilar.

Namoyish qatnashchilari qo‘llarida “VKontakte”siz hayotimiz qayg‘uli”, “Bizning madaniyatimizni o‘ldirmoqdasiz” kabi yozuvlar yozilgan bannerlarni ko‘tarib olishgan. Shuningdek, ba’zi namoyishchilar esa og‘izlarini yopishqoq lenta bilan elimlab olganlar.

Namoyish qatnashchilari hukumatdan ijtimoiy tarmoqlarning taqiqlanishining sabablarini hamda bu qarorni o‘zgartirish uchun nima qilish lozimligini bilishmoqchi.

Mamlakat polisiyasi prezident ma’muriyati binosiga o‘tish yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Talabalar o‘zlarini agressiv holda tutishmayapti, aksiya hech qanday mojarosiz, sokinlikda o‘tmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kiyevda ijtimoiy tarmoqlar yopilishi talabalarga yoqmadi