Shahnoza Mirziyoyevaning qizi Raniaxondan bobosiga bag‘ishlangan qo‘shiq tarmoqlarda barchani e’tiborini tortdi! (video)

Shahnoza Mirziyoyevaning qizi Raniaxondan bobosiga bag‘ishlangan qo‘shiq tarmoqlarda barchani e’tiborini tortdi! (video)

Otabek Umarovning kenja qizi Raniaxon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan o‘zgacha tarzda tabrikladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda u bobosiga atab samimiy qo‘shiq kuylagani aks etgan.

Mazkur lavhani Shahnoza Mirziyoyeva o‘zining Instagram sahifasida e’lon qilib, unga: “Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, dadajon!” — deya izoh qoldirdi.

Raniaxonning bolalarcha beg‘ubor va samimiy ijrosi foydalanuvchilarda iliq taassurot uyg‘otdi. Ko‘pchilik videoga munosabat bildirib, Prezidentga mustahkam sog‘liq, uzoq umr va oilaviy baxt tiladi. Oilaviy mehr aks etgan ushbu tabrik qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar