Tanzila Narbayeva «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda 24 iyul kuni e’lon qilingan Prezident farmonida ma’lum qilindi.
Farmonga ko‘ra, Tanzila Narbayeva davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, parlament faoliyatini rivojlantirish, demokratik islohotlarni amalga oshirishga qo‘shgan hissasi hamda rahbarlik faoliyatidagi xizmatlari uchun ushbu yuksak mukofotga munosib deb topildi.
Shuningdek, uning milliy davlatchilikning huquqiy asoslarini mustahkamlash, inson qadrini yuksaltirish, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lidagi xizmatlari ham alohida e’tirof etilgan.
Qayd etilishicha, mazkur mukofot Senat raisi Tanzila Narbayevaning 70 yoshli yubileyi munosabati bilan topshirildi.






























Izohlar 0
…