20:42 / 26.05.2017
6 977

Cobalt‘dan pul o‘marib, Nexia‘da qochganlar ushlandi

Cobalt‘dan pul o‘marib, Nexia‘da qochganlar ushlandi
Joriy yilning 27 aprel kuni noma’lum shaxslar Sergeli tumani hududida joylashgan “Qum-Ariq Metan” yoqilg‘i quyish shoxobchasi oldida o‘g‘irlik sodir etishdi. Bu haqda “Toshkent shahar IIBB” xabariga asoslanib “Qalampir.uz” sayti xabar berdi.

Aniqlanishicha, o‘g‘rilar fuqaro “D”ga tegishli Cobalt rusumli avtomashina salonidan 22.000.000 so‘m naqd pullarni talonchilik yo‘li bilan egallab, davlat raqami belgisi bo‘lmagan Nexia-2 rusumli avtomashinada yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 166-moddasi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar jarayonida mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan shaxslar sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olindilar.

Mazkur jinoiy guruh a’zolariga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Cobalt‘dan pul o‘marib, Nexia‘da qochganlar ushlandi