Ijtimoiy tarmoqda O‘zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi nomidan berilgan e’longa ko‘ra, texnik va qadoqlovchilar Astraxan viloyatidagi korxonaga ishga taklif etilmoqda.
Polietilen ishlab chiqarish sohasida tajribaga ega bo‘lgan texnik-texnolog va texnik-mexanikning oylik maoshi 30 ming rublni tashkil etadi.
Qadoqlovchilar (35 yoshgacha bo‘lgan ayollar) uchun oylik maosh 20 ming rubl etib belgilangan.
Xabarda aytilishicha, ish vaqti soat 9.00dan 18.00ga qadar bo‘lib, bir soat tushlik uchun ajratiladi.
O‘zbekistondan korxonagacha etib borish uchun yo‘l xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi. Kasallik varaqalari to‘lanadi. Ishlashga ruxsatnoma olish va yashash joyida qayddan o‘tishda yordam ko‘rsatiladi. Yashash va ovqatlanish xarajatlari ishlovchining o‘zi tomonidan bo‘ladi.
Mazkur e’lon bo‘yicha qiziqish bildirgan fuqarolar 214-51-87 yoki 214-47-29 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari hamda Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligining hududiy boshqarmalariga murojaat qilishlari mumkinligi aytilgan.
Sputnik nashri muxbiri ushbu e’lon bo‘yicha agentlik bilan bog‘langanida, agentlik xodimi ijtimoiy tarmoqdagi sahifa Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligining rasmiy sahifasi emasligini bildirdi. Biroq sahifada berilgan ishga taklif haqidagi e’lonni tasdiqladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi