6 486
Germaniyada o‘quvchi dars vaqtida direktor xonasiga chaqirilib, Nepalga deportasiya qilindi
Germaniyaning Duysburg shahrida migrasiya xizmati xodimlari gimnaziyada o‘quvchini mamlakatdan deportasiya qilish uchun olib ketishdi, deydi Kun.uz nashri. 14 yoshli o‘quvchi Bivsi Ranaga do‘stlari bilan xayrlashib olishga ruxsat berishdi, so‘ngra ota-onasi bilan Nepalga yo‘l olayotgan samolyotga joylashtirishgan.
Rana dars vaqtida direktor xonasiga chaqirtirilgan, u erda migrasiya xizmati xodimlari unga vaziyatni tushuntirishgan. O‘qituvchilarning so‘zlariga ko‘ra, o‘quvchi ko‘z yoshlarini tutib tura olmagan va aslida deportasiya qilishmoqchi ekanini bilmagan.
30 may kuni qiz oilasi bilan Nepalga uchib ketgan.
Rananing oilasi Germaniyaga 1998 yilda ko‘chib kelgan. Maktab o‘quvchisi Germaniyada tug‘ilib, Osnabryuk shahrida ta’lim olgan 18 yoshli akasi bilan birga katta bo‘lgan. Rananing oilasi Nepaldan ko‘chib kelganida ularga qochqin maqomini berishdan bosh tortishgan. 2013 yilda ularning yashash uchun ruxsatnomasi muddati yakuniga etgan. Shahar ma’muriyatining qayd etishicha, deportasiya yuridik nuqtai nazarda qonuniy. 2016 yilda ma’muriy sud Rana ota-onasining qochqin maqomini olish haqidagi murojaatini yana rad etdi.
WAZ.de nashrining qo‘shimcha qilishicha, qiz deportasiya haqida olti hafta avval xabardor etilishi, shuningdek, maktabdagi darslardan ozod etilishi lozim bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, maktab vaziyatga aralashishni maqsad qilgan, qizning ota-onasi esa Duysburgga qaytib kelish harakatida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi