
Og‘ir tan jarohatlari natijasida olamdan o‘tgan Jasurbek Ibragimov ta’lim olgan maktab o‘qituvchilari marhum do‘pposlashishni birinchi bo‘lib keltirib chaqarganligi haqidagi xabarlarga salbiy munosabat bildirishdi.
Eslatib o‘tamiz, marhumga og‘ir tan jarohatlari etkazishda bosh gumondor hisoblanayotgan Islombek To‘laganov va uning otasi tomonidan berilgan ko‘rsatmada Jasurbek Ibragimov joriy yilning 3 may sanasida bo‘lib o‘tgan voqeaning tashkilotchisi deyilgan edi.
Ammo, Jasurbek Ibragimovning o‘qituvchilari ushbu ma’lumotga salbiy fikr bildirishdi va ijtimoiy tarmoqlarda marhumning tavsifnomasini tarqatib yuborishdi, — deb xabar bermoqda uznews.uz.
Tavsifnomada yozilishicha, marhumning hulq-atvorida biron salbiy jihat bo‘lmagan. Jasur og‘ir-bosiq va mas’uliyatli o‘quvchi bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar