Joriy yilning 8 iyun kuni Navoiy viloyatining Nurota tumani Shahriston mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro Inotov G‘olib Tolib o‘g‘li Navoiy shahridagi “Yoshlik” ko‘lida cho‘milayotgan paytida to‘satdan suvda cho‘ka boshladi.
Shu payt “Yoshlik” ko‘lida navbatchilik olib borayotgan Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi qutqaruvchilari darhol yordamga etib kelishgan.
Xodimlar fuqaro G‘.Inotovni suvda qutqarib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, hayotini saqlab qolishgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining ta’kidlashicha, cho‘milishga mo‘ljallanmagan ochiq suv havzalari bolalar va kattalar hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Kanallarda suvning sovuqligi, oqimning tezligi, daryolarda uchrab turadigan maishiy chiqindilar, ota-onalar mas’uliyatsizligi, shuningdek, cho‘milishga kelganlarning o‘ziga haddan ziyod ishonishi kabi omillar cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi