Kecha, 17 iyun kuni Toshkentda ilk marotaba “START UP INVEST” loyihasi o‘tkazildi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Start up loyihalari va investorlarning ilk uchrashuvi sifatida o‘tkazilayotgan ushbu loyihaning asosiy maqsadi tadbirkorligini endi boshlayotgan yoshlarning biznes loyiha va g‘oyalarini etakchi ekspert va investorlar oldida himoya qilib, tadbirkorlik g‘oyalarini hayotga tatbiq etishga ko‘maklashishdan iborat.
Loyiha doirasida 10 ta “START-UP” loyihalar taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Har bir taqdimot avvalidan taklif etilgan ekspertlar mavzularga doir foydali ma’lumotlarni, jumladan, ishni nimadan boshlash kerakligi, hozirda biznesda qanday tendensiya va trendlar etakchi ekanligi xususida muzokaralar o‘tkazildi. Shuningdek, taqdimotlar davomida namunali loyiha mavzulari qay darajada dolzarbligi, foydaliligi va innovasionligi nuqtai nazaridan baholandi.
Bundan tashqari, ekspertlar loyihalarga izoh berib, qanday jihatlarga e’tibor berishlari kerakligi haqida fikr bildirdilar.
“START UP INVEST” loyihasining muhim jihatlari shundan iboratki, bunda yosh tadbirkorlar o‘zlari uchun muhim investorlar, hamkorlar bilan tanishib, muloqot qilish hamda start-up jamoasi bilan keyinchalik ham faoliyatlari davomida birga ishlash imkoniga ega bo‘ldilar.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu kabi norasmiy ochiq muloqotlar tadbirkorlik sohasiga endi qadam qo‘yayotgan yoshlarning yangi istiqbolli loyihalarini boshlashlari uchun qulay ishonchli muhit yaratadi hamda malakali investor va ekspertlar bilan yaqin kelajakda bu loyihalarni birga amalga oshirish imkoniyatini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin