
16 iyun kuni Rossiyaning Sterlitamak shahri polisiyasiga Yurmatinskiy tumanidagi xonadonlarning biridan noma’lum kishining jasadi topilgani haqida xabar kelib tushdi. Tergov qo‘mitasi jabrlangan kishi O‘zbekiston fuqarosi ekanini aniqladi.
Mazkur voqea yuzasidan inson salomatligiga qasddan ziyon etkazganlik aybi bilan jinoyat ishi ochilib, 46 yoshli o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi.
Tergov ma’lumotlariga qaraganda, 16 iyun kuni kechasi 46 yoshli shaxs va uning 43 yoshli hamyurti o‘rtasida nizo yuzaga kelgan. Munozaraning sababi esa ish masalasida bo‘lgan. Janjal vaqtida 46 yoshli erkak qo‘li va oyoqlari bilan raqibining boshiga zarba bergan. Og‘ir kaltaklardan so‘ng 43 yoshli kishi voqea joyida jon bergan.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar