13:11 / 20.06.2017
8 911

Matiz ostida qolgan bola haqida yangi ma’lumotlar e’lon qilindi

Matiz ostida qolgan bola haqida yangi ma’lumotlar e’lon qilindi
Joriy yilning 15 iyun kuni Toshkent shahrida taxminan soat 19:00 va 20:00 atrofida 1-sonli shahar sil kasalliklari shifoxonasi ro‘parasida joylashgan AYoQSh yonida mudhish YTH sodir bo‘lgani va mashina bosib ketgan yosh bola vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Ichki ishlar vazirligi mazkur holat yuzasidan rasmiy axborot berdi, deb yozadi Hordiq.uz nashri. Aniqlanishicha, 15 iyun kuni soat 19:30 larda, Toshkent shahar Olmazor tumani KHAY ko‘chasida joylashgan “Grand Nur” mehmonxonasi qarshisida Olmazor tumanida yashovchi haydovchi N.A. (1995 yilda tug‘ilgan) Matiz rusumli transport vositasini boshqarayotib, Olmazor tumanida yashagan, 2013 yilda tug‘ilgan Q.F.ni urib yuborgan.

Natijada piyoda tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan va 16 iyun kuni soat 01:00 da ushbu shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Matiz ostida qolgan bola haqida yangi ma’lumotlar e’lon qilindi