Fransiyada og‘ir ahvolga tushgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fransiyada og‘ir ahvolga tushgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fransiyada sog‘lig‘i keskin yomonlashib, uzoq vaqt shifoxonada davolangan O‘zbekiston fuqarosi Sh.A. mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda og‘ir vaziyatga tushib qolgan vatandoshimizning O‘zbekistonga qaytishiga amaliy yordam ko‘rsatgan.

Sh.A. Yevropaga yuk avtomobili haydovchisi sifatida ishlash uchun borgan. Fransiyada bo‘lib turgan vaqtida uning sog‘lig‘i keskin yomonlashib, Tur shahridagi shifoxonaga yotqizilgan. U yerda uzoq muddat davolangan.

Fuqaro shifoxonada bo‘lgan davrda O‘zbekistonning Fransiyadagi diplomatik missiyasi u va tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqada bo‘lib, zarur ko‘mak ko‘rsatgan.

Sog‘lig‘i yaxshilangach, Sh.A. O‘zbekistonga eson-omon olib kelingan. Endilikda u oilasi bag‘rida sog‘lig‘ini tiklab, keyingi davolanishini davom ettiradi.

Elchixona xorijda qiyin vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni davom ettirayotganini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar