Buklanadigan iPhone Duo ekranlarida nosozliklar kuzatilayotgani aytilmoqda

Buklanadigan iPhone Duo ekranlarida nosozliklar kuzatilayotgani aytilmoqda

Apple kompaniyasining buklanadigan iPhone Duo smartfonlarida ekran bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim foydalanuvchilar qurilmadan bir necha kun foydalanganidan keyin displeyning buklanadigan qismida nosozliklar paydo bo‘lganini bildirgan. Xususan, ekranda qora chiziqlar paydo bo‘lishi va displey faoliyatida uzilishlar kuzatilayotgani aytilmoqda.

Shunga o‘xshash holatlar Yaponiya, Xitoy, Avstraliya va boshqa mamlakatlarda ham qayd etilgani haqida xabarlar mavjud. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, muammolar smartfonlar savdo nuqtalarida namoyish etilayotgan paytda ham kuzatilgan.

Ushbu xabarlar buklanadigan smartfonlarning, ayniqsa, ekran bukiladigan qismining chidamliligi borasida savollarni yuzaga keltirmoqda.

Hozircha nosozliklar nechta qurilmada aniqlangani va ularning kelib chiqish sabablari haqida aniq ma’lumot yo‘q. Apple kompaniyasi ham mazkur holat yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar