
Rossiyadan dam olish uchun Turkiyaga borgan 600 dan ortiq sayyohlar samolyotning buzuqligi sababli ikki kun davomida Turkiyada qoladigan bo‘ldi. Bu haqda bugun, 26 iyun kuni "360" teleknanli xabar qildi.
Dastlab sayyohlar Turkiyadan «Vim-Avia» reysi orqali Rossiyaga jo‘natilishi kerak edi. Tashuvchi samolyotning uchish jadvalidagi jiddiy muammolar sabab keyinchalik bu vazifa "Yakutiya" aviakompaniyasiga yuklatildi. Shu sabab bir guruh sayyohlar shanba, 24 iyun kuni joylariga etkazilishi kerak edi, biroq mazkur aviakompaniyaning belgilangan samolyoti ishlamay qolgani tufayli sayyohlar ushlanib qolishdi.
Sayyohlarni dam olishini tashkillashtirgan TED Travel kompaniyasining ma’lum qilishicha, sayyohlarning ma’lum bir qismi boshqa aviakompaniyalar orqali o‘z vatanlariga jo‘natilgan. Turoperator mas’ul xodimi Natalya Fetisovaning aytishicha, hozir Turkiyada 400 ga yaqin sayyohlar qolgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu rossiyaliklar 27-28 iyun kunlari vatanlariga etkaziladi.
Mazkur yo‘lovchilar kutish davomida yashab turishlari uchun o‘zlari yashagan mehmonxonalarga, ba’zilari esa boshqa mehmonxonalarga joylashtirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar