
Toshkent viloyati Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi 1982 yilda tug‘ilgan F.Q. muqaddam ham talonchilik, o‘g‘irlik, bosqinchilik, qasddan badanga yengil shikast etkazish, nomusga tegish kabi jinoyatlarni sodir etib, 8 marotaba javobgarlikka tortilgan.
Joriy yilning 13 iyun kuni “Navbahor” fermerlar uyushmasidagi “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi bo‘ylab o‘tgan ichki avtomobillar qatnov yo‘lida, spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda, N.Q.ga (1998 yilda tug‘ilgan) hujum qilib, boshiga oyoqlari bilan tepib, do‘pposlagan.
Erga yiqilgan N.Q.ni bo‘ynidan bo‘g‘ib, quloqlaridagi 1.000.000 so‘mlik bir juft tilla sirg‘alarini, qo‘lidagi 500.000 so‘mlik SAMSUNG DOUS-2 rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashiringan.
Hozirgi kunda F.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar