Omad va sog‘liq – biz yashayotgan hayotimizdagi eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Sizda bu maqolaga omad yoki sog‘liqning nima daxli bor, degan fikr tug‘ilishi mumkin.
Ma’lumki, yurtimiz bo‘ylab yo‘lovchilar uzog‘ini yaqin qiluvchi avtobuslarning deyarli xar birida chiptachilar ish olib borishadi. To‘g‘ri, ular kun bo‘yi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib toliqishadi, har holda mehnatlari qadrlashga arzigulik. Lekin ba’zi bir qo‘shtirnoq ichidagi chiptachilar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish vaqtida biroz qo‘pol muomalada bo‘lishadi.
Quyida sizga armug‘on qiladigan maqolamiz chiptachilar haqida, ammo tanqiddan xoli.
Ertalab taxminan soat 8:30 larda Toshkent shahrida rejalashtirgan manzilga etib borish uchun avtobusga chiqdim va 25-28 yoshlar atrofidagi chiptachining yo‘lovchilarga bo‘lgan muomalasidan hayratlangan holda ilojsiz ko‘rganlarimni qog‘ozga tushirishga ahd etdim.
Yo‘lovchilarga yo‘l haqi chiptasini tarqatayotgan chiptachi har bir keyingi to‘xtash bekati nomini e’lon qilib borishdan tashqari avtobusdan tushayotgan yo‘lovchilarga omad va sog‘liq tilab, manzillariga yaxshi etib olishlarini tinmay takrorlardi. U hatto katta yoshdagi yo‘lovchilar og‘irini yengil qilish maqsadida yuklarini avtobusga chiqarishda yordamini ham ayamas edi.
Manzilimga etgan on u menga ham omad tiladi va unga javoban “rahmat, sizning kuningiz ham omadli o‘tsin” deya ta’sirlangan holda yo‘limda davom etdim.
Demoqchimizki, hozirgi zamonda oddiy bir avtobus chiptachisiga o‘xshash mehribon va xushmuomala fe’lli insonlarni kamdan-kam uchratamiz. Istardikki, nafaqat chiptachilar, balki barchamiz bir-birimizga qilayotgan muomalamizda xushfe’llik va tilayotgan tilagimizda “omad va sog‘liq” so‘zlarini ham qo‘shishni yodimizdan chiqarib qo‘ymaylik.
Zero, omad va sog‘liq barchamiz uchun yashab kelayotgan hayotimizda eng kerakli va zarur jihatlarning biri hisoblanadi.
Muomalasiga gap yo‘q chiptachining xizmat ko‘rsatayotgan avtobus raqami 93, uning ismini so‘rashning esa imkoniyati bo‘lmadi.
Akmal Eshonxonov
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi