15:30 / 27.07.2017
9 101

Yuridik universitet qabul komissiyasi abiturientlarga soxta tibbiy ma’lumotnomalar sotilganini aniqladi

Joriy yilda Toshkent davlat yuridik universitetiga hujjat topshirgan ayrim abiturientlar 086-U-shakl bo‘yicha soxta tibbiy ma’lumotnoma taqdim etgan. Bu haqida TDYuU qabul komissiyasiga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, TDYuU qabul komissiyasi vakillari hujjatlarni sinchiklab o‘rganib chiqqanda o‘nlab abiturientlar soxta tibbiy ma’lumotnomalar taqdim etayotgani ma’lum bo‘lgan. Soxta tibbiy ma’lumotnomalar original ma’lumotnomaning skanerlangan va rangli printerdan chop etilgan varianti bo‘lib, har bir abiturientning rasmi alohida yopishtirilgan edi.

Abiturientlar bilan bo‘lgan suhbatda, mazkur ko‘rinishdagi soxta tibbiy ma’lumotnomalarni 10 ming so‘mdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi haq evaziga sotib olishganligini ma’lum qilishgan.
Yuridik universitet qabul komissiyasi abiturientlarga soxta tibbiy ma’lumotnomalar sotilganini aniqladi

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablariga ko‘ra, abiturient tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abiturient test sinovlaridan (oliy ta’lim muassasasidan) chetlashtiriladi hamda hujjatlari o‘rnatilgan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.

Mazkur qoidadan kelib chiqib, ushbu abiturientlar test sinovlaridan chetlashtirildi va hujjatlar Yunusobod tuman IIBga yuborildi. Hozirda surishtiruv ishlari ketmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuridik universitet qabul komissiyasi abiturientlarga soxta tibbiy ma’lumotnomalar sotilganini aniqladi