07:09 / 01.08.2017
9 308

Qarzdorlardan undirilgan mol-mulk onlayn-kimoshdi savdolari orqali sotiladi

Qarzdorlardan undirilgan mol-mulk onlayn-kimoshdi savdolari orqali sotiladi
Prezidentning 27 iyuldagi PQ-3149-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni sotish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Norma.uz’ning yozishicha, unga ko‘ra onlayn-kimoshdi savdolari joriy etilmoqda.

Joriy yilning 1 sentyabridan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni sotish bo‘yicha kim oshdi savdolari «E-IJRO AUKSION yagona elektron savdo maydoni orqali faqat elektron onlayn-kim oshdi savdolari shaklida o‘tkaziladi. Buning uchun kim oshdi savdolarida Internet orqali ishtirok etish imkonini beradigan maxsus dasturdan foydalaniladi. Buyurtmalarni qabul qilish va g‘oliblarni aniqlash jarayoniga aralashish istisno qilinadi.
Onlayn-kim oshdi savdosi o‘tkazilishi haqida lot ko‘rsatilgan holda u boshlanishidan 10 kun oldin xabar beriladi.

Xabarnoma :
• Elektron onlayn-kim oshdi savdolarini tashkil etish markazi veb-portalida;
• Bosh prokuratura va uning hududiy boshqarmalari huzuridagi Majburiy ijro byurosi veb-saytlarida e’lon qilinadi.
Onlayn-kim oshdi savdosida ishtirok etish uchun ERI bilan tasdiqlangan elektron buyurtma berish va zakalat kiritish zarur bo‘ladi. Bunda boshlang‘ich onlayn-kim oshdi savdolari narxni oshirish, takroriy onlayn-kim oshdi savdolari esa narxni tushirish tamoyili asosida o‘tkaziladi.

Mol-mulk onlayn-kim oshdi savdolariga baholash qiymati bo‘yicha qo‘yiladi. Davlat ijrochilari onlayn-kim oshdi savdolarida sotilmagan mol-mulkni arzonlashtirishga haqli emas.
Elektron onlayn-kim oshdi savdolarini tashkil etish markazining muassisi (mulkdori) vazifasini bajaradigan Majburiy ijro byurosi huzuridagi DUK korxonasi hisoblanadi.

Quyidagilar uning vazifasiga kiradi:
• sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni sotish bo‘yicha elektron onlayn-kim oshdi savdolarini tashkil etish va o‘tkazish;
• mol-mulkni elektron onlayn-kim oshdi savdolarida sotish bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
• fuqarolarni elektron onlayn-kim oshdi savdolarida ishtirok etish tartibi hamda savdoga qo‘yiladigan mol-mulk to‘g‘risida keng xabardor qilish;
• elektron onlayn-kim oshdi savdolarida ishtirok etish uchun ERI kaliti sertifikatlarini berish;
• mol-mulkni saqlash, tashish, tutib turish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.

Markaz IJRO AUKSION yagona elektron savdo maydonida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni sotish bo‘yicha elektron onlayn-kim oshdi savdolarini tashkil etish va o‘tkazishga vakolatli hisoblanadi.
Markaz Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida filiallar tashkil etishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorlardan undirilgan mol-mulk onlayn-kimoshdi savdolari orqali sotiladi