Qo‘ng‘irotlik traktorchi ulovini mast holda boshqargani endi unga qimmatga tushmoqda.
Uning aytishicha, Qo‘ng‘irot shahar IIB jarima maydonida turgan traktor uchun undan kuniga 100 ming so‘mdan talab qilishmoqda.
"Traktorim u erda 60 kundan beri turibdi. Hozir mendan 6 million so‘mga yaqin pul so‘ramoqda. Traktorni o‘zi 2,5 million so‘mga olganman. Bular esa stoyanka uchun ikkita traktorning narxini so‘ramoqda. Pulini to‘lamasam, traktorni olib qo‘yar ekan. Qaerga murojaat qilay? Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot shahrida spirtli ichimlik ichib boshqarganim uchun traktor jarima maydoniga tortilgan. Menga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Bayonnoma sud ijrosidan o‘tgan", - deb yozmoqda muammolar girdobida boshi qotgan traktorchi.
Manba: 1news.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi