Sergeli tumanida joriy yilning 8 avgust kuni Sergeli tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan Sergeli 6-dahasida joylashgan “Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari bozori” 1-blok 25-do‘kon oldida o‘g‘rilik qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasiga asosan Darakchi xabar berdi.
Sergeli tumanida 8 avgust kuni soat 10.30 da, 1997 y.t. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi Z.D. Sergeli 6-dahasida joylashgan “Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari bozori” 1-blok 25-do‘kon oldida turgan, 1994 y.t. Sergeli tumani 8A-dahada yashovchi X.X.ga tegishli bo‘lgan, narxi 1.200.000 so‘mlik bo‘lgan “Damas” rusumli avtoulovining orqa tortish moslamasini o‘g‘rilab, voqea joyidan yashiringanligi aniqlanib, ushlangan. Daliliy ashyo sifatida ehtiyot qism olingan.
Sergeli tuman IIB tomonidan fuqaro Z.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169 m. 1-q. bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi