10:03 / 11.08.2017
9 114

To‘ng‘ich farzand haqida psixologlar fikri

To‘ng‘ich farzand haqida psixologlar fikri
Odatda ko‘p farzandli oilalarda katta farzand mas’uliyatli bo‘lishi kerak deb hisoblanadi. Massachusets (AQSh) texnologiya instituti xodimi Jozef Doyl o‘tkazgan tadqiqot kichik farzandlar, xususan bolalarda muammoli xarakter ko‘p uchrashini, to‘ng‘ich farzand esa, haqiqatan, vazmin va mas’uliyatli bo‘lishini isbotladi.

Ikki farzandli oilalarning ma’lumotlarini tadqiq qilishgan mutaxassislar kenja farzand maktabda jiddiy ko‘ngilsizliklarga yoki tartib-intizom bilan bog‘liq muammolarga to‘ng‘ich farzandlardan ko‘ra 25-40 foiz ko‘proq duch kelganini aniqladi. Psixologlar fikricha, bunga ota-onalarning birinchi farzandga ko‘p e’tibor qaratishi, ikkinchisining tarbiyasiga esa unchalik vaqt ajratolmasligi sabab bo‘lishi mumkin.

Manba: soglom.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » To‘ng‘ich farzand haqida psixologlar fikri