23:02 / 11.08.2017
5 128

«Qora bozor» nega paydo bo‘ladi?

«Qora bozor» nega paydo bo‘ladi?
Nima uchun iqtisodiyotda «qora bozor» paydo bo‘ladi va qachon bunga yo‘l qo‘yilishi shart? Har bir xo‘jalikning markaziy omili bozor ekan, uning sog‘lom faoliyat olib borishi murakkab amaliyotlarni tushunishni talab qiladi. Shunday qilib, biz sodda va nazariy jihatdan «qora bozor» atalmish fenomenaning mohiyatiga to‘xtalib o‘tsak.

«Qora bozor» bu noqonuniy tovar va xizmatlar munosabati yuzaga keladigan ijtimoiy maydon bo‘lib, rasmiy bozor mexanizmining bir bo‘lagi hisoblanadi. Shu bilan birga mavjud talab va taklif qoidalariga ham bo‘ysunadi. Asosiy farqli jihati shundaki, «qora bozor»da soliq majburiyatlari yo‘q hamda har bir amaliyot davlat tomonidan tartibga solinmaydi.

Uning paydo bo‘lish omillari quyidagilar bo‘lishi mumkin: mamlakat iqtisodiyoti, milliy/mahalliy qonunchilikning o‘ziga xos tomonlari, tovar etishmovchiligi, ayni ichki siyosiy holat va boshqalar.

Sobiq Sovet mamlakatida kapitalistik ruxdagi bozor iqtisodiyotiga xos amaliyotlar, ya’ni tadbirkorlik, xususiy ishlab chiqarish qonunan man etilgan edi. Lekin, talab va taklif o‘z o‘rnida qolaveradi, «qora bozor» esa bu «chanqoq»ni bosish uchun yordamga shoshilgan. Hattoki, sovet lug‘atida «iz pod-prilavka», «iz pod polы», «sexovik» kabi so‘zlar paydo bo‘lgan.

Xo‘sh, paydo bo‘lish omillariga ko‘ra turli bo‘lgan «qora bozor» nima sababdan paydo bo‘ladi?

Avvalo, ta’kidlab o‘tish joizki, bunday bozor munosabatining yuritilishi iqtisodiyot uchun katta xavf tug‘dirmaydi.

Davlatning bozor munosabatlarini qattiq nazoratga olishi va bir kun kelib, boshqarib bo‘lmas «kasal» bozorni yaratib qo‘yishi «parallel olam»dagi bozorning kurtak otishiga olib keladi. Hukumat qanchalik erkin bozor munosabatlariga bosimni kuchaytirsa (qonunchilik, soliq va siyosiy munosabatlar misolida), uning «ukasi» shunchalik gullab yashnaydi.

1980 yil 16 aprelda mustaqillikka erishgan Zimbabve misolida bu tushuncha ancha oson tushuniladi. Istiqlolning dastlabki yillarida 1 Zimbabve dollarining qiymati 1 AQSh dollaridan yuqori etib belgilangan edi. Vaqt o‘tishi bilan iqtisodiyot sezilarli yutuqlarga erisha boshladi. Tabak va don mahsulotlarini, qurg‘oqchilik kuzatilmagan yillarda, etishtirish katta foyda keltira boshladi.

Ammo, Zimbabve prezidenti Robert Mugabe 1991-1996 yillar davomidagi faoliyatida «Iqtisodiy muvofiqlashtirish dasturi»ni qabul qildi. Qaror puxta o‘ylab qabul qilinmagan chog‘i, kelgusi yillarda mamlakat iqtisodiyotida sezilarli tushish kuzatildi. Bundan tashqari, prezident irqchilikka moyillik bildirib, oq tanli fuqarolar tasaruffidagi ferma erlarni qora tanli dehqonlar foydasiga musodara qilishga qaror qildi. Tajribasiz fermerlar er bilan ishlashi samarali natijani ko‘rsatmadi, 1990 yillarda amalga oshirilgan agro islohot 1999-2009 yillarda oziq-ovqat etishmovchiligiga sababchi bo‘lib qoldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ishsizlik ko‘rsatkichi 2008 yilga kelib 80 foizga etdi.

Mamlakat harbiylari «Ikkinchi Kongo urushi»da ishtirok etdi. Buning ustiga siyosiy rejimdan norozi bo‘lgan EI, AQSh va XVF Zimbabvega nisbatan iqtisodiy jazo sanksiyalarni kiritdi.

Bundan oldin ta’kidlangani kabi talab va taklif o‘zgarmaydi. Birlamchi tovar va xizmatlar ehtiyoj doim bo‘laveradi. Qarabsizki, «qora bozor» tug‘ilishi uchun zaruriyat paydo bo‘ldi. Chunki erkin bozor munosabatlar amalda erkin emas. «Qora bozor» mana shu talablarni qondirib, davlat nazoratidan tashqarida sog‘lom bozor munosabat qoidalarini yarata boshlaydi.

Agar oziq-ovqat, yoqilg‘i kabi zaruriy mahsulotlar bozorning «ukasida» o‘z o‘rniga ega bo‘lib boraversa, davlatning oldida birgina echim qoladi: «qora bozor»ni rasman tan olish, u yaratgan munosabatlar qoidasi asosida ish ko‘rish kerak.

Soddaroq qilib ko‘rib chiqqan sxemangizning ko‘rinishi bir davlat misolida bo‘lib, uning turi har xil bo‘lishi mumkin.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Qora bozor» nega paydo bo‘ladi?