13:00 / 01.09.2017
5 764

Taksidagi suhbat...

Taksidagi suhbat...
— Qayerga ketyapsiz o‘zi, aka?

— Bulung‘urga. Kursdoshim uylanyapti.

— To‘yga ketyapsizmi? Sizga yoqmasa kerak-a?

— Nimaga?

— «Rayon»dagi to‘ylar zerikarli bo‘ladi. Dasturxonini umuman gapirmang. Bir kun do‘stimni to‘yiga bordim «rayon»ga. E, ishonasizmi, dasturxon bo‘m-bo‘sh-da. Ozroq pomidor-bodring, baqlajon, kanfet, to‘rtta sho‘rdanak, non, aroq… bo‘ldi. Men o‘z to‘yimga sarflagan xarajatimga bunday to‘ylardan 50-tasini qilsa bo‘ladi. Bizda (shaharda) oddiy tug‘ilgan kunga ham bundan 3 barobar ko‘p harajat qilinadi. O‘yin vaqtida umuman «talpa».

— Hm-m-m.

— Yana bitta to‘yga borgandim falonchi joyga. Makkayi «polya»ni o‘rib, to‘yxona bezatgan. To‘rtta odam o‘ynasa, chang ko‘tarilyapti. E, men o‘tirmayman bunaqa joyda dedim-da, chiqib mashinada o‘tirdim. To‘yni egasi chiqib, hijolat, iltimos qilib olib kirdi. Boshqa joy qilib berdi. Qornim och bo‘lgani uchun bir kosa sho‘rva ichdim-da yana chiqib mashinaga o‘tirdim…

***

Ikki daqiqa ichida ko‘z o‘ngimda nafaqat insonlar, balki umuman tirik organizmlar iyerarxiyasining eng yuqorisidan eng pastiga tushib ketganingizni bilsangiz edi, sho‘pir aka.

Yer yuzini bir marta samolyotda aylanib chiqish uchun qancha vaqt ketadi? Bir sutkami? Ikki sutkami? Ha mayli, boring ana, uch sutka bo‘lsin. Fanga ma’lum bo‘lgan eng katta yulduz orbitasini bir marta xuddi shunday samolyotda aylanib chiqish uchun esa naq 1200 yil ketar ekan. O‘sha yulduz butun koinot uchun bir chang zarrasi, xolos. Insonlar esa koinot uchun chang emas. Changni milliard bo‘lakka bo‘ling-u, bir bo‘lagini oling. Mana shu sensan inson! Changsan! Changdan ham battarsan! Nimangga buncha katta ketasan?

Shuhrat Abbasov

Manba: Fayzbog.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Taksidagi suhbat...