20:29 / 07.09.2017
7 251

Avstraliyada o‘rgimchakning 5 yangi turi aniqlandi

Avstraliyada o‘rgimchakning 5 yangi turi aniqlandi
Avstraliyadagi Kuring-gay Cheys milliy parki bo‘ylab sayr vaqtida biolog va suratkash Yurgen Otto 5 yangi turdagi tovus-o‘rgimchaklarni kashf qilishga muvaffaq bo‘ldi. Daily Mail shu haqida xabar berdi.

Yurgen Ottoning yorqin rangli o‘rgimchak bilan birinchi tanishuvi 9 yil avval Sidneyda ro‘y bergandi.

"Men noyob o‘rgimchakka duch keldim va uni suratga oldim, keyin uyga kelib, kompyuterda uni yaxshilab ko‘zdan kechirishga kirishdim. Tushunmay qoldim. Internetda o‘rgimchakning bu turi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q edi".

Yurgen Otto

Ottoning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Maratus oilasiga mansub ro‘yxatdan o‘tgan tovus-o‘rgimchaklarning Avstraliya hududidan topilgan 48 turi mavjud. Bundan tashqari, ko‘plab boshqa turdagi o‘rgimchaklar ham tasdiqdan o‘tishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, faqat nar o‘rgimchaklar tovus patini yodga soluvchi yorqin ko‘rinish olgan.

"Nar o‘rgimchakning naqsh va ranglari shu qadar xilma-xilki, biri ikkinchisini takrorlamaydi. Ularni osonlik bilan ajratish mumkin".


Yunger Otto


"Agar tabiatning bu mo‘’jizasiga duch kelsangiz, qo‘rqmang. U kichkinagina va xavfsiz. Eng asosiysi - uni ezib yubormaslik".

Yunger Otto

Biologning ma’lum qilishicha, agar nar o‘rgimchak urg‘ochi o‘rgimchakda ijobiy taassurot uyg‘ota olmasa, u holda osonlikcha uning tushligiga aylanishi mumkin.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avstraliyada o‘rgimchakning 5 yangi turi aniqlandi