Shavkat Mirziyoyev 12 sentyabr kuni “Vatandoshlar bilan Tashqi ishlar vazirligining to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti” natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha Idoralararo ishchi guruhini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
5 iyulda videokonferensiya shaklida tashkil etilgan “Vatandoshlar bilan Tashqi ishlar vazirligining to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti” aholining qiziqishiga sabab bo‘lgan edi.
TIVning diplomatik va konsullik idoralariga aholidan o‘nlab murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularda fuqarolik, hujjatlarni yo‘qotganda uni tiklash tartibi, yaqinlar va tanishlarni qidirish, qiyin vaziyatlarda ko‘mak so‘rash kabi masalalar tilga olingan.
Ushbu murojaatlar natijasida xorijga chiqish uchun ruxsat beruvchi stikerni rasmiylashtirish jarayoniga barham berilib, 2019 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiruvchi eski nusxadagi pasportlarni yangi biometrik pasportlarga almashtirishga oid masalalarga oydinlik kiritildi.
Ushbu qarorga asosan Idoralararo ishchi guruhga qator vazifalar yuklatildi. Unga ko‘ra guruh aholining murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi, aholi duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ish olib boradi.
Idoralararo ishchi guruhi xorijdagi konsullik idoralari faoliyatida fuqarolar bilan ishlash jarayoniga zamonaviy AKTni keng joriy qilish orqali davlat interaktiv xizmatlarini tatbiq qilish masalasini ko‘rib chiqadi.
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas