Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri yaqinida oltita mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. YTHda yo‘lovchili avtobus ham ishtirok etgan.
Rossiya yo‘l-patrul xizmati xodimlari halokat yuz bergan joyga kelganlarida YTHni 24 yoshli o‘zbekistonlik mehnat muhojiri sodir etgani aniqlandi. Bu haqda Orenburg portali xabar berdi.
O‘zbekistonlik yigit mashinani o‘g‘irlagan va voqea joyidan yashirinish maqsadida katta tezlikda harakatlangan.
O‘g‘irlangan avtomobil katta tezlikda harakat yo‘lagidagi mashinani turtib yuborgan. Buning natijasida zanjirli reaksiya hosil bo‘lib, bir nechta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
Ushbu YTH yuzasidan YPX xodimlari ma’muriy bayonnoma tuzishgan va avtomobilni ko‘zdan kechirishga qaror qilganlar. Nazorat paytida mashina yukxonasidan boshiga polietilen paket kiydirilgan ayol jasadi topilgan. Uning yonida belkurak va arqon bo‘lgan...
Birovlar moliga ko‘z olaytirib o‘g‘irlikka qo‘l urgan yigit biryo‘la qotillikda ayblanishi ham mumkin. “Sodda o‘g‘ri” uyushtirilgan boshqa jinoyatning qurboni bo‘lib chiqishi ham ehtimoldan xoli emas.
Ya’ni, qotillik sodir etgan boshqa shaxslar mehnat muhojirini ayyorlik bilan aynan o‘sha avtomobilni o‘g‘irlashga “undagan” bo‘lishlari ham mumkin.
Jinoyat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi