O‘zbekistonda valyutaga doir islohotlar natijasida ko‘pgina kompaniyalar faoliyatida jonlanish yuzaga kelib, ular turli xizmatlarni yo‘lga qo‘ymoqda, deb yozadi Qalampir nashri.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” deb nomlangan 2 sentyabrdagi farmoniga asosan “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ukraina, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Armaniston davlatlariga xalqaro pul o‘tkazmalari almashinuvi qayta yo‘lga qo‘yilgan. Bu haqda kompaniyaning Matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, xalqaro pul o‘tkazmalari yuqorida nomlari keltirilgan davlatlar pochta muassasalari bilan tuzilgan ikki tomonlama Kelishuvlar doirasida yuridik va jismoniy shaxslardan milliy valyutada qabul qilinadi. Milliy valyutadagi pul mablag‘lari pul o‘tkazmasini jo‘natish kunida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan erkin ayirboshlanadigan valyutada hamkor davlatga yuboriladi.
Bundan tashqari, MDH davlatlaridan kirib keluvchi xalqaro pul o‘tkazmalari ham mijozlarga pul o‘tkazmasi kelib tushgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada to‘lab beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"