17:47 / 05.10.2017
5 705

Las-Vegas qirg‘inida bu smartfon egasini asrab qoldi

Las-Vegas qirg‘inida bu smartfon egasini asrab qoldi
O‘tgan yakshanba kuni AQSh ning Las-Vegas shahrida sodir etilgan qirg‘in mobaynida smartfonga tekkan o‘q o‘z egasining hayotini saqlab qoldi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha qirg‘indan qochib, taksi mashinasiga o‘tirgan ayol qo‘lidagi pushti rang korpusli iPhone 7 Plus flagmanini haydovchiga ko‘rsatib, aynan shu devays unga yo‘nalga o‘qni to‘xtatib qolganini aytgan. Bu to‘g‘rida DailyMail nashri xabar tarqatgan.

Aytish joizki, iPhone 7 Plus flagmanining korpusi kosmik sanoatda foydalaniladigan alyuminiy metallidan tayyorlanadi.

Shaffof rangli chexoldagi iPhone smartfoni endi foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan bo‘lsa ham, u o‘z sohibasi uchun bir umrga qadrdon bo‘lib qolganiga shubha yo‘q.

Bu birinchi marotaba emas
Smartfonlar bungacha ham o‘z egasining hayotini saqlab qolgan voqealar bo‘lgan. Misol uchun, 2015 yilning dekabrida yana bir chexol kiydirilgan iPhone yosh yigitga tomon uchib kelayotgan o‘qni to‘xtatib qolgan.

Xuddi shunday voqea Taylandda Galaxy Note 2 ishtirokida, 2015 yilning 13 noyabrida Prajida uyushtirilgan terakt vaqtida ham kuzatilgan.

Las-Vegas qirg‘ini xususida
2017 yilning 1 oktyabrida sodir etilgan bu qirg‘in AQSh tarixidagi eng yirik ommaviy qotillik sifatida qayd etildi. 64 yoshli amerikalik Stiven Peddok noma’lum sabablarga ko‘ra mehmonxonaning 32-qavatidan turib musiqa festivaliga yig‘ilgan aholini o‘qqa tutgan. Natijada, 59 kishi halok bo‘lgan va 500 nafar odam yaralangan.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Las-Vegas qirg‘inida bu smartfon egasini asrab qoldi