09:30 / 12.10.2017
7 413

Shvetsiyadagi qadimiy qabrdan Alloh va Ali yozuvlari topildi

Shvetsiyadagi qadimiy qabrdan Alloh va Ali yozuvlari topildi
O‘tgan haftada shvetsiyalik olimlar tomonidan ko‘hna Birka shahridagi qabrlardan topilgan kiyimlarda Alloh va Ali yozuvlari bitilgani aniqlandi. Bu haqida Anado‘lu agentligiga asosan Sof nashri xabar berdi.

Qabrdan topilgan dafn kiyimlari vikinglar davriga oiddir. Vikinglar milodiy VIII-XI​ asrlarda Skandinaviya yarimorolida yashagan xalq hisoblanadi. Ular asosan ko‘pxudolik diniga e’tiqod qilishgan. IX asrga kelib, Skandinaviya xalqlari to‘liq xristianlikka o‘tgan.

Vikinglar qabridan kufiy yozuvda Alloh va Ali so‘zlari bitilgan ipak matolarning topilishi ular islom dinidan xabardor bo‘lganini tasdiqlashi mumkin. Uppsala universiteti olimi, arxeolog Annika Larssonning aytishicha, vikinglar islom dinidagi «o‘limdan keyin jannatda abadiy hayot mavjudligi» aqiydasidan ta’sirlangan bo‘lishlari mumkin.

“Qur’onda jannat ahli ipak matodan kiyim kiyishlari yozilgan. Bu esa vikinglar davrida qabrlarga matnlar bitilgan ipak mato qo‘yilishi kabi keng tarqalgan odatni izohlashi mumkin”, – deyiladi tadqiqotchi e’lon qilgan bayonotda.

Universitet xabarida, shuningdek, kufiy yozuvidagi o‘xshash bitiklar bitiklar Markaziy Osiyodagi qabrtoshlari va maqbaralaridagi naqshlarda ham topilgani aytilgan. Vikinglar qabrlarida islomiy yozuvlar topilishi birinchi marta ro‘y berayotgani yo‘q. 2015 yilda ham Stokgolm universiteti olimlari XI​ asrga oid qabrdan Alloh deb yozilgan bitiklarni topishgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shvetsiyadagi qadimiy qabrdan Alloh va Ali yozuvlari topildi