11:21 / 12.10.2017
7 053

24 million so‘m zarar keltirgan 2 sirdaryolik ovchi haqida

24 million so‘m zarar keltirgan 2 sirdaryolik ovchi haqida
Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tadbirda noqonuniy baliq ovlash holatiga duch kelindi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Sirdaryo viloyati Guliston tumanida istiqomat qiluvchi A.Abduraxmonov hamda N.Xasanovlar Sirdaryo daryosining Guliston tumani, "Boyovut" jamoa xo‘jaligi hududidan oqib o‘tuvchi qismida baliq tutayotgan paytda Bionazorat inspektorlari tomonidan to‘xtatib qolindi. Ular oddiy qarmoq emas, balki nafslari hakalak otib, baliqni elektr qarmoqda ushlashga ahd qilgan edilar. Tekshiruvlar natijasida jami 12 dona baliq ovlanganligi ma’lum bo‘ldi.

Tabiat ne’matlariga bepisandlik bilan qarash, ularni asrab-avaylamaslik umumiy hisobda 24 413 325 (yigirma to‘rt million to‘rt yuz o‘n uch ming uch yuz yigirma besh) so‘m miqdorida zarar yetkazilishiga olib keldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 24 million so‘m zarar keltirgan 2 sirdaryolik ovchi haqida