Bugun, 24 oktyabr kuni, aniqrog‘i bir necha soat avval Toshkent shahrining markaziy avtomobil yo‘llaridan birida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Avtohalokatga oid fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlar orqali ham tarqalishga ulgurdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent Moliya instituti qarshisidagi avtomobil yo‘lida mashina yo‘lovchini urib yuborgan.
“Minor” metrosiga yaqin joylashgan yo‘lovchilar o‘tish yo‘lagida sodir bo‘lgan voqea suratlaridan YTH mudhish oqibatlarga olib kelgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilish mumkin.
Avtomobil yo‘li qon va shisha siniqlariga to‘lgan. Guvohlardan birining aytishicha, yo‘lovchini tez yordam mashinasi olib ketgan.
Yana bir guvohning yozishicha, Spark rusumli avtomobil keksa kishini urib yuborgan. To‘qnashuvdan keyin yo‘lovchi taxminan 4 metr masofaga “uchib” ketgan.
Ko‘plab foydalanuvchilar mazkur avtohalokatga guvoh bo‘lishganini yozishgan. Ayrimlar haydovchining tezlikni oshirganlikda ayblashgan bo‘lsa, yana kimdir yo‘lovchilarning e’tiborsizligini iddao qilmoqda.
Ko‘pchilikning fikricha, bu chorrahada YTHlari tez-tez uchraydi. Bunga esa svetafor muammosi va yo‘lovchilar o‘tish yo‘lagini hech kim nazorat qilmasligi sabab. Shu atrofda ishlaydiganlarning so‘zlariga qaraganda, bu yo‘ldan o‘tishda avtomobillar yo‘lovchilar o‘tish yo‘lagi chizig‘iga deyarli e’tibor qaratishmaydi, ya’ni yo‘ldan o‘tish uchun soatlab kutib turish mumkin.
Kuzatuv kameralari o‘rnatilmaganligi (taxminimizcha) yoki YPX xodimlarining “nazorat navbatchiligi”ning yo‘qligi haydovchilarning va yo‘lovchilarning yo‘l harakatiga rioya qilmasliklariga sabab bo‘ladi.
Yana bir foydalanuvchi bu yo‘lga yo‘lovchilar uchun ko‘prik qurishni tavsiya etdi. Ikki taraflama yo‘lni ajratib turuvchi to‘siqlarni olib tashlashni ham tavsiya qilgan haydovchilar bo‘ldi. To‘siqlar ba’zan piyodalarni ko‘rishga halaqit berishini ta’kidlashgan.
Yana bir ma’lumotga ko‘ra, “Minor” metrosi chorrahasi va Toshkent Moliya instituti qarshisidagi yo‘ldan Oloy bozori tomonga ketaverishda svetofor nazorat qilmaydigan 2 ta joyga yo‘lovchilar o‘tishiga mo‘ljallangan chiziqlar yotqizilgan. O‘sha joydagi piyodalar yo‘lakchasidan biroz uzoqroqda, ya’ni Oloy bozoriga yaqinlashaverishda, odatda qator archa daraxtlarining atrofida, YPX xodimlari “navbatchilik”ga turishadi va piyodalar yo‘lagida piyodalarni o‘tkazib yubormagan haydovchilarning xatti-harakatlarini “kuzatadi” va nazorat qiladi.
Ammo bu fikrlarga ham qarshi fikrlar ijtimoiy tarmoqda bong urmoqda. Ya’ni YPX xodimlari piyodalar yo‘lakchasiga yaqinroq joyda turishsa, haydovchilar o‘z “majburiyatlarini” unutmaydi, demak, piyodalar bilan bog‘liq ko‘ngilsiz voqealar deyarli sodir bo‘lmaydi. Uzoqroq joyda “poylab” turishsa, “be’etibor” haydovchilar jarimaga tortiladi xolos, biroq piyodalar xavsizligi to‘liq ta’minlanmaydi.
Yuz bergan hodisa yuzasidan voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...