16:00 / 31.12.2017
7 274

Tillarang "It yili" kimga qanday keladi?

Тилларанг "Ит йили" кимга қандай келади?
Eshik qoqib turgan 2018 yil - tillarang it yili. Mazkur yilda his-hayajonlar ikkinchi darajali bo‘lib, xotirjamlik hukmronlik qiladi. Bu karera, sog‘liq, shaxsiy hayotda ham o‘z aksini topadi...

2018 yilda omadga erishish uchun yil “sohibi”ning fe’l-atvorini bilish kifoya. Tillarang “it”ning o‘ziga xosligi rejali, halol, oliyjanob, do‘stona munosabatli va samimiyligida. Kelajak uchun avvaldan reja tuzadilar, syurprizlarni yoqtirishmaydi. Shunday ekan, yangi yil barcha burj sohiblariga uyg‘unlik, barqarorlik, xotirjamlik, mamnuniyat baxsh etishi kutilmoqda.

IT YILIDA TUG‘ILGANLAR
It yilida tug‘ilganlar tilyog‘lamalikdan yiroq, hurmatga loyiq ko‘rgan odamlari bilangina haqiqiy do‘stlik rishtalarini bog‘lashadi. Sira hafsalangizni pir qilishmaydi, aksincha sadoqati, halolligi bilan lol qoldirishadi. Begona va yangi tanishlar bilan kamgaplar. Biroq ularga sirlaringizni to‘la ishonishingiz mumkin, “it”lar yaxshi tinglovchi. Haqiqat uchun kurashda yetakchilik qilib, atrofdagilarning ham manfaatini himoya qilishadi. Ranjitib qo‘ymaslik uchun yolg‘on ishlatishlari ham mumkin.

Mazkur yilda tug‘ilganlar omadsizlik, xafagarchiliklarni yurakka yaqin olishadi. Ruhiy osoyishtalikni tiklash maqsadida gohida yolg‘iz ham qolishadi.

Muhabbat bobida benazirlar. Ideal darajadagi munosabatlarni o‘rnatishga intilishadi. It yilida tug‘ilganlar tinimsiz harakatda bo‘lsalargina o‘zlarini baxtli his qilishadi. Agar juftingiz it yilida tug‘ilgan bo‘lsa, uning yugur-yugurlariga hayrixoh bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi.

It yili sohiblariga mos juftlik — yo‘lbars yoki ot

MUSTAHKAM MUNOSABATLAR
It oilaparvar, shinam va qulaylikni xush ko‘ruvchi va harakatdan to‘xtamaydigan muchal vakillaridan biri. Kirishimlilarga yangi do‘stlar orttirish, yangi munosabatlar o‘rnatish qiyin kechmaydi. Tortinchoqlar uchun esa ikkilanishlarini chetga surib, atrofdagilar bilan til topishishning fursati keldi. Boisi ushbu yilda o‘rnatilgan munosabatlar mustahkam va ishonchli bo‘ladi. Itning sodiq va xonadon qo‘riqchisi, deya e’tirof etilishi bejiz emas. Shu ma’noda 2018 yilda ko‘pchilik o‘z juftini topadi, munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqqanlarni ham mustahkam oila baxti kutmoqda.

SOG‘LIQ
It – mustahkam sog‘liq ramzi. Boisi u faol hayot tarzi bilan yashaydi, toza havo tanga davoligini ham unutmaydi. Sog‘ligi haqida qayg‘uradiganlar diqqatiga – 2018 yil sportning biror bir turi bilan shug‘ullanish uchun qulay fursat. Dam olish kunlarini tabiat qo‘ynida o‘tkazish ham zarar qilmaydi.

KARERA VA MABLAG‘
It yilida vijdonan va qunt bilan bajarilgan ish qadrlanadi. Bu jarayonda ham jismoniy, ham aqliy faollik talab etiladi. Halol mehnatsevarlarni it yili ko‘zlagan manziliga eltib, boy qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tillarang "It yili" kimga qanday keladi?