6 670
Advokatlardan tashabbus — tadbirkorlarga yil davomida bepul huquqiy maslahatlar beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi yurtimizdagi korxona va tashkilotlarda chuqur muhokama etilmoqda. O‘zbekiston advokatlar palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida ham Prezident murojaatnomasi mazmun-mohiyatga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi KUN.UZning Samarqanddagi muxbiri.
Viloyat adliya boshqarmasi, Advokatlar palatasi viloyat hududiy boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlarning vakillari ishtirok etgan davra suhbatida boshqarma boshlig‘i O.Ahtamov Prezident tomonidan sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish yo‘lida qator vazifalar belgilab berilganini ta’kidlab o‘tdi.
«Prezident murojaatnomasidan O‘zbekistonda advokaturani rivojlantirish bo‘yicha e’tiborga molik ishlarni amalga oshirish, jumladan, endilikda advokatlarning konsalting xizmatlari — tadbirkorlik sub’ektlariga huquqiy yordam ko‘rsatish borasidagi faoliyatni takomillashtirish choralari ko‘rilishi lozimligi, advokatlar tomonidan yuridik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat ko‘lami kengaytirilishi kerakligi kelib chiqadi», — dedi O.Ahtamov o‘z so‘zida.
Viloyat advokatlari 2017 yilda 20 mingdan ortiq yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomalar imzolanib, jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishgan. 5 mingga yaqin og‘zaki maslahatlar berilib, 1200 nafar tadbirkor va tadbirkorlik istagi bialn shug‘ullanish istagi bo‘lgan fuqarolarga lokal hujjatlar tayyorlab berilgan.
2017 yil — «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da mahallalar aholisining huquqiy madaniyatini oshirish hamda ularga huquqiy maslahatlar berish tizimi yo‘lga qo‘yildi. «Xalq qabulxonalari»da ham advokatlarning navbatchiligi yo‘lga qo‘yilgan va u yerda ham fuqarolarning murojaatlari yuzasidan huquqiy maslahatlar, lozim bo‘lganda yozma tushuntirishlar berib kelinmoqda.
2018 yilning «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» munosabati bilan, shuningdek, Prezidentning parlamentga murojaatnomasidan kelib chiqib, 2018 yil davomida davlat ro‘yxatidan o‘tgan barcha tadbirkorlar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga yil davomida bepul huquqiy maslahatlar berib borish tashabbusi ilgari surildi va yig‘ilganlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Murojaat uchun manzil:
O‘zbekiston advokatlar palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi.
Samarqand shahri, O‘zbekiston ko‘chasi 45-uy.
Telefon: (0366) 231-07-48 “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi