Bo‘lajak Ichki ishlar xodimini kaltaklab ketishdi

Bo‘lajak Ichki ishlar xodimini kaltaklab ketishdi
2018 yilning 9 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV “Jar” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi huzuridagi Harbiylashtirilgan maxsus maktab-internat kursanti I.J tan jarohati olganligi ma’lum bo‘ldi.

Shayxontohur tumani IIBning “UzNews” nashriga ma’lum qilishicha, 8 yanvar kuni soat 23:00da maxsus maktab-internatning 6-sinfida ta’lim olayotgan, 2006 yilda tug‘ilgan kursant I.J ga tanishlari tomonidan tan jarohati yetkazilgan.

Ushbu holatdan keyin, I.J 1-RShTYoIMning Bolalar bo‘limiga olib borilgan va shifokorlar unga nisbatan “chap chakka sohasi lat yeyishi” tashxisini qo‘yishgan.

Bu holat yuzasidan, Shayxontohur tumani IIB tomonidan tegishli chora ko‘rish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar