
22 yanvar kuni Seulda bir guruh namoyishchilar Olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladigan joyni ko‘zdan kechirish maqsadida kelgan Shimoliy Koreya rahbariyati delegatsiyasini norozilik namoyishi bilan kutib olishdi. Bu haqda “Yonhap News” xabar berdi.
Mehmonlar bo‘lgan poyezd vokzalga yetib kelganida, namoyishchilar namoyish uyushtirib, KXDR rahbari Kim Chen Inning fotosuratini, keyin esa mamlakat milliy bayrog‘ini yoqib yuborishdi.
“Pxyonchandagi qishki Olimpiada yadroviy qurollanish va Shimoliy Koreya tuzumini targ‘ib qilgan Kim Chen Inning Olimpiadasiga aylanadi”, deya chiqish qilishdi namoyishchilar.
Bundan tashqari, Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimida ikki davlat sportchilarining chiqishi uchun maxsus yaratilgan Birlashuv bayrog‘i ham yoqib yuborildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar