11:23 / 01.02.2018
4 758

Kuningiz kulgi bilan o‘tsin...

Kuningiz kulgi bilan o‘tsin...
Teatrda katta premyera ketyapti. Sahnada aktyorlar rol ijro etishyapti. To‘satdan tomoshabinlar orasida mast odamning ovozi:
— Zalda vrach bormi? Bormi vrach orangizda?
Hamma o‘rnidan turib, zalda vahimali shovqin boshlanib ketibdi. Aktyorlar ham to‘xtab qolishibdi.

Shu payt oldingi qatordan bir odam:
— Ha, men vrachman. Nima gap? – desa, shirakayf ovozda haligi mast kishi:
— Zo‘r spektakl ekan-a, hamkasb!? – dermish.
***
Onasi o‘g‘liga:
— Hafta boshidan yangi hayot boshlamoqchimiz. Men ozishni boshlayman, adang chekishni tashlaydi. Sen nima qilmoqchisan?
— Men o‘qishni tashlamoqchiman!

***
Bir kuni afandini o‘g‘li futbol o‘ynab qaytibdi.
Afandi:
— Xo‘sh, nechta gol urding o‘g‘lim?
O‘g‘li:
— Ikkita.
Afandi:
— Hisob nechi bo‘ldi o‘zi?
O‘g‘li:
— 1:1 bo‘ldi dada!!!
***
Bir kuni afandi bitta rus va koreys bilan garov o‘ynabdi. “Kim muzlatgichni ichida ko‘p turadi” debdi.
Uchchalasi uchta muzlatkichga kirib olishibdi. Oradan yarim soat o‘tgach, koreys chiqib kelibdi.
Bir soatdan keyin rus qaltirab chiqibdi.

Afandi oradan 3 soat o‘tsa ham jim emish.
Sekin rus muzlatkichni eshigini ochib qarasa, afandi:
— Eshikni yop! Sovuq kiryapti, – debdi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kuningiz kulgi bilan o‘tsin...