
3 fevral kuni Samarqand viloyati YHXB xodimlari Panjakent ko‘chasida spirtli ichimliklar ichib avtomashina boshqarayotgan haydovchilarni aniqlash borasida tadbir o‘tkazdi.
Ushbu reyd soat taxminan 22:50 da o‘tkazilgan. YHXB inspektori “Cobalt” avtomashinasini to‘xtatganda, haydovchi buyruqqa bo‘ysunmasdan inspektorni va shu atrofda bo‘lgan fuqarolarni urib yuborib, qochib ketishga harakat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, YHX xodimlarini haydovchilar tomonidan urib ketilish holatlari, uch kunda uch martani tashkil qilmoqda.
Jumladan, avval Xivada bu holat ro‘y bergan bo‘lsa, keyinchalik Buxoroda ham haydovchi Yo‘l harakati nozirini urib ketgani qayd etildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing