Prezidentning yangi qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligiga ikki oy muddatda muvofiqlashtirish boshqarmalari va ichki ishlar bo‘limlari xodimlarini bosqichma-bosqich tabel o‘qotar quroli o‘rniga qo‘llashning qat’iy tartibi va shartlarini belgilagan holda elektroshok vositalari bilan ta’minlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish vazifasi belgilandi.
Shuningdek, ikki oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Toshkent shahrida transport vositalari haydovchilari tomonidan to‘xtab turish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish to‘g‘risida takliflar kiritsin, bunda haydovchisi bo‘lmaganda ham noto‘g‘ri to‘xtab turish holatini qayd etish va bayonnomalar tuzilishi nazarda tutildi.
Bundan tashqari, piyodalarda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish madaniyatini yuksaltirish, shu jumladan, kompleks tushuntirish ishlarini o‘tkazish va ularni ushbu sohadagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortish orqali ta’sirchan choralarni amalga oshiradi.
Toshkent shahar hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Bosh boshqarma Axborot multimedia markazini joylashtirish, uni zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, keng qamrovli Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘radi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...