So‘nggi yillarda O‘zbekistonning bir qator shaharlarida yo‘l harakati qoidalarini buzayotgan nafaqat haydovchilar, balki piyodalar ham ko‘p uchramoqda. Bu, ayniqsa, Toshkent shahrida, hattoki, piyodalar belgilanmagan joydan o‘tmasligi uchun maxsus to‘siqlar o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramasdan, katta muammoga aylandi.
«Xabar» nashrining yozishicha, qoidabuzarlar endi jazodan qutulib qolmaydi. Chunki Prezident Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vazirligiga piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini yuksaltirish vazifasini topshirgan. Endi huquqni muhofaza qiluvchi organlar qoidabuzar piyolarning harakatini jiddiy nazoratga oladi. Ya’ni yo‘l harakati qoidalarini buzgan piyodalarga keskin chora ko‘riladi — qoidabuzarlar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, belgilanmagan joydan yoki svetoforning qizil chirog‘ida yo‘lni kesib o‘tgan piyodalar jarima to‘laydi. Shuningdek, yo‘lni kesib o‘tish chog‘ida telefonda suhbatlashish, kitob yoki gazeta o‘qish, audio eshitish hamda video tomosha qilish ham jarima to‘lashga sabab bo‘ladi.
Ushbu qoidabuzarliklar uchun jarima miqdori eng kam ish haqining uchdan bir qisini tashkil etadi. Agar ushbu qoidabuzarlik avariya xavfini keltirib chiqarsa, jarima summasi EKIHning bir barobariga qadar ko‘payishi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin