14:29 / 22.02.2018
6 732

Qashqadaryoda yuziga niqob kiygan shaxslar omborxonaga hujum qildi

Qashqadaryoda yuziga niqob kiygan shaxslar omborxonaga hujum qildi
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida yashovchi “The best water brend” MCHJ rahbari S.Q. shu yilning 17 yanvardan 11 fevralgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Pillakashlik mahallasi hududida joylashgan jamiyat omborxonasidan katta miqdorda “Nestle” kasha mahsulotlari o‘g‘irlab ketilganligini ma’lum qilgan. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi” ma’lumotiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, 11 fevralga o‘tar kechasi B.A., D.O., M.M., Sh.A. va Sh.X. yuziga niqob kiygan holda, omborxona qorovulxonasiga kirib, omborxona qorovullari Sh.S. va X.O.ni temir bo‘lagi bilan urib, qo‘l-oyoqlarini mato va sim bilan bog‘lab, Sh.S.ning og‘zini mato bilan berkitib, 2 ta mobil telefoni, 1 ta planshet va 32 mln. 671 ming 600 so‘mlik “Nestle” kasha mahsulotlarini olib, bu haqda biror bir kishiga aytsalar o‘ldirib yuborishlari bilan qo‘rqitganliklari, shu sababli Sh.S. va X.O. bo‘lib o‘tgan voqeani to‘liq aytmaganliklari aniqlangan.

Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Qamashi tumanida yashovchilar 1997 yilda tug‘ilgan B.A., 1993 yilda tug‘ilgan D.O., 1996 yilda tug‘ilgan M.M., 1995 yilda tug‘ilgan Sh.A. va 1998 yilda tug‘ilgan Sh.X. sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olinganlar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda yuziga niqob kiygan shaxslar omborxonaga hujum qildi