09:50 / 04.03.2018
8 710

Banan po‘sti nima uchun kerak?

Banan po‘sti nima uchun kerak?
Banan — mazali va foydali meva. Ammo uning po‘sti ham foydali ekanini hamma ham bilavermasa kerak.

* Kuygan, shilingan va kesilgan joylarga malham. Banan po‘sti terining kuyishi va boshqa shikastlanishlarida og‘riqni qoldiradi. Tirnalgan, ko‘kargan, chivin chaqqan joyga banan po‘stini qo‘yib, asta ishqalasangiz, o‘zingizni ancha yaxshi his qilasiz.

* Maishiy kimyo vositasi o‘rnida. Banan po‘sti yordamida kumush buyumlarni oson tozalash mumkin. Bana po‘stini maydalab, unga bir oz suv qo‘shing va tayyor bo‘lgan bo‘tqa bilan kumush idish yoki taqinchoqlarni tozalab, so‘ng suvda chayib tashlang. Qoraygan qatlamdan iz ham qolmaydi, kumush buyumlar yana yaltillaydi.

* Terini yoshartiradi. Kosmetologga borishga vaqtingiz bo‘lmasa, yuz terisini banan po‘sti qaynatmasi bilan artish mumkin. Buni muntazam bajarsangiz, ajinlar soni qisqaradi, teridan yoqimli banan hidi keladi. Bu qaynatma bilan sochlarni yuvish ham mumkin, ular kuchli va yaltiroq bo‘ladi.

* Go‘sht shirali bo‘lishi uchun uni banan po‘stiga o‘rab, 20 daqiqaga qoldiring. Go‘sht yumshoq, shirali bo‘ladi. Uni qovurib, mazali ta’midan lazzatlanishingiz mumkin.

Manba: Tasvir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Banan po‘sti nima uchun kerak?