To‘y nimadan boshlanadi? Kelinlikka arzirli munosib qizni daraklashdanmi?.. Yo‘q! Bizda pul jamg‘arishdan, yillar davomida yemay-ichmay, kiymay, sog‘liqni, halovatni unutib, bor-budini yig‘ib-terishdan boshlanadi. Zamona zayli bilan “Qizingni beshikka sol, molini sandiqqa sol!” maqoli ham eskirdi. Negaki, kiyim-kechak, ajabtovur mol-matohning rusumi, modasi yil sayin o‘zgarmoqda. Buni bilgan ota-onalar imi-jimida mablag‘ni farzandlaridan, o‘zidan qiyib, asta-sekin jamg‘arib boraveradi.
Aslida to‘y eng yaxshi bayramlarimizdan sanalib, ota-onalar orzusining ro‘yobidir. Xalqimiz azaldan farzandlarining kamoloti, baxtu iqbolini ko‘rishdek ezgu niyat bilan yashaydi. Ikki yoshning oila deb atalmish muqaddas qo‘rg‘onni barpo etishga ahd qilgani to‘y-tomosha, shodu xurramlik, xursandlik bilan nishonlangan.
Lekin keyingi yillarda to‘y antiqa tomoshaga aylanib ketmoqda. Buning sababi odamlarning andishani ustun qo‘yish, kulgiga qolish, og‘ziga kuchi yetmaganlarning malomati bilan uzviy bog‘liq...
– Oilalarda otalarning o‘rni, mavqei boy berilayotgani to‘ylarda namoyon bo‘lmoqda, – deydi Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘limi boshlig‘i Ergash Daminov. – Bizda ota hamisha oila boshi sanalgan. Endi otaga faqat pul topib keluvchi xizmatkordek munosabatda bo‘linayotgani, uning rahnamolik o‘rniga ona da’vo qilayotgani, to‘ylarda asosan ayollar yetakchi mavqe egallayotgani turli noxush holatlarga sabab bo‘lmoqda.
Hamma narsaning hisobi bor, jumladan, to‘yning ham. Bu murakkab jarayonni cho‘tga solishga harakat qilib ko‘rilsa, kelgusida qarindosh bo‘lish istagidagi xonadonga bir necha marta sovchi borishi, yoshlarning dabdabali uchrashuvlari, bunda kelin uchun sovg‘a-salom tayyorlash bir dunyo pul talab qiladi. Oddiyroq to‘yxonaga 350 kishi kelishini hisoblaganda, bitta o‘rtacha to‘y narxi 50-60 million so‘mga borib qoladi.
Bu raqam g‘oyat nisbiy va taxminiy. O‘rtacha hisoblaganda, yigit va qiz tomonning xarajatlari taxminan 100-120 million so‘mni tashkil etmoqda.
– Fevral oyida bizning muassasa orqali nikohga kirish uchun yoshlardan 150 ariza taqdim etildi, – deydi Uchtepa tumani FHDYO bo‘limi mudirasi Nozima Abdusalomova. – Bular mart, aprel uchun rejalashtirilayotgan to‘ylar. O‘tgan oyda bo‘lib o‘tgan to‘ylar 81 tani tashkil etdi. Yoshlar ariza berishga kelganida to‘ylarni kamxarj o‘tkazish masalasi, bo‘lg‘usi kelin-kuyovning oila, jamiyat, ota-onasi oldidagi burchi, mas’uliyatini teranroq tushuntirishga alohida e’tibor qaratiladi.
– To‘ylarni ixcham o‘tkazishda mahalla faollarining o‘zi tashabbus ko‘rsatmoqda, – deydi poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Manzuraxon Valiyeva. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi