Ular mahsulotlar uchun xarid cheki berilmagani hamda moddiy va ma’naviy zarar yetkazilganini peshkash qilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Yuqorichirchiq tumanida joylashgan “STANDART FOOD SALES” xususiy korxonasining rahbari S.N.ning arizasiga muvofiq tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, Z. va N. ismli ayollar uning do‘konida ataylab janjal chiqargan. Ular mahsulotlar uchun xarid cheki berilmagani hamda moddiy va ma’naviy zarar yetkazilganini peshkash qilib soliq qo‘mitasiga arz qilishini aytib, S.N. dan 10 million so‘m talab qilgan.
O‘tkazilgan tadbirda Parkent tumanida yashovchi, muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan G.R. va Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi, muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan N.E.lar tadbirkordan so‘ralgan pulning 1,5 million so‘mini olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Hozirda tovlamachilarga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi