U general Shuhrat Toshpo‘latov bo‘lib, Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari va Toshkent viloyati Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi rahbari sifatida faoliyat yuritgan. Respublika ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, generalning ishi bo‘yicha yopiq majlis shu yil 26 fevralida bo‘lib o‘tgan. U aynan fevral oyida mamlakat harbiy prokuraturasi talabiga binoan qo‘lga olingandi.
Toshpo‘latov ham Davlat xavfsizlik xizmati raisining sobiq birinchi o‘rinbosari general Shuhrat G‘ulomovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishga aloqadorlikda gumon qilingan. Ayni paytda Toshpo‘latovga jinoyat majmuasining qaysi moddasi bo‘yicha ayb qo‘yilgani ma’lum emas.
Shunisi ma’lumki, shaxsan prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 31 iyuldagi farmoniga ko‘ra Shuhrat Toshpo‘latov yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan lavozimlarga tayinlangan. O‘zbekiston bosh prokuraturasi vakillaridan birining aytishicha, u 2018 yil yanvarida egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yil 19 yanvarida Surxondaryo faollari bilan bo‘lgan uchrashuvda xavfsizlik xizmati rahbarining uch nafar o‘rinbosari ishdan olinganini ma’lum qilgan va Shuhrat Toshpo‘latov haqida ham to‘xtalib o‘tgandi. Prezident shu narsani ta’kidlagandiki, Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritgan maxsus xizmat tashkiloti ofitserlarining boshboshdoqlikka yo‘l qo‘yishi, mamlakat qonunlarini qo‘pol ravishda buzganliklari sababli ko‘plab ko‘zga ko‘ringan tadbirkorlar mamlakatdan qochishga majbur bo‘lgan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi