“Farzand dog‘i hech bir ota-onani kuydirmasin”. Shu jumlalar bilan so‘z boshlagan namanganlik Gulchehra aya bilan suhbatimiz deyarli 3 soat davom etdi. U to‘rt yil avval bedarak yo‘qolgan qizi haqida KUN.UZ muxbiriga so‘zlab berdi.
Yosh qizining eshikdan kirib kelishini kutib tolgan ko‘zlarda ko‘p dard yashamoqda. Buni bir qarashda anglash ham qiyin emas. 31 mart kuni Gulchehra Mamasoliyevaning kenja qizi, 1991 yilda tug‘ilgan Nazira Holmatovaning uydan chiqib ketganiga roppa-rosa 4 yil to‘ladi. Gulchehra aya bu kunni juda yaxshi eslaydi.
- Qizim hayotga chanqoq, tirishqoq edi. Naziraning bu harakatlarini ko‘rib, farmatsevtika bo‘yicha kasb-hunar kollejida ta’lim olishiga imkoniyat yaratib berdim. Otasi vafot etgan, yonida suyanchig‘i qolmagan qizalog‘im o‘qishni tamomlagach, ishga tushdi. Pop tumani markaziga yaqin joylashgan dorixonada ish boshladi. Nazira bir kun u ishlayotgan dorixonaning qarshisida yangi va barcha talablarga javob beradigan dorixona ochilganini aytib qoldi. Men ruxsat berdim, u ish joyini o‘zgartirdi, - deb Gulchehra aya Naziraning suratlarini ko‘rsatdi.
Yoshdan qizarib, ammo qurib qolgan ko‘zlar ma’yus tortib, lablar titradi. “Barchasiga aybdorman, qiz bolani ishlashga qo‘ydim. Uni himoya qilib ololmadim”, deydi ona sho‘rlik.
- Murod ismli tadbirkorga tegishli dorixonada ish boshlagach, Naziraning sog‘lig‘i yomonlasha boshladi. Gap shundaki, u kechki smenada ham mehnat qildi, ayrim paytlari o‘rindoshlari ishga chiqmasa ham Nazira ishlashga majbur bo‘ldi. Surunkali ishlab yurgan Naziram birdan betob bo‘lib, yotib qoldi. Shifoxonada davolanib chiqqach, Murodga tushuntirdim: “Nazira ishlamay tursin, yosh qizning kuchi yetmayapti”, dedim. U hammasini tushungan kishi bo‘lib, rozi ham bo‘ldi -, deb voqeani davom ettirdi Mamasoliyeva.
Ma’lum qilinishicha, Nazira haqiqatan, oilaviy poliklinikada bir muddat davolanib chiqqan. U tez-tez bosh og‘rig‘i, holsizlikdan shikoyat qilavergan.
- Murod bizning oiladan tovar aylantirish uchun jamg‘arib qo‘ygan 800 dollarimizni qarzga olib ketgandi. Nazira ana shu pulni yaxshilikcha qaytarsin, keyin ishdan bo‘shayman, deb reja tuzdi. Aksiga olib, Murod qizimning bo‘yniga katta qarzdorlikni qo‘yib, kirim-chiqim xatlarini qayta hisoblash zarurligini aytgan. Balki qizimda ayb bo‘lgandir, ammo o‘sha ishbilarmonning qo‘rqitishi va tahdididan so‘ng, Nazira uyga shoshib keldida, bir dam o‘tishi bilan ko‘chaga chiqib kelay, deb so‘radi. Yuragim nimanidir sezdi: xonaga kirsam, qizim xat tashlab ketibdi, - deb xatni tutqazdi.
Nazira bedarak yo‘qolishidan avval, xonada qoldirib ketgan xatda u bu ishidan qattiq afsusda ekanini bildirgan.
“Ayajon, meni kechiring. Men sizni juda yaxshi ko‘raman. Menga tuhmat qilishyapti, buni ko‘tarolmayman. O‘g‘ri dedi, men o‘g‘ri emasman. O‘zizni ehtiyot qiling. Telefonimni ham olib qo‘ydi, 8ta qog‘ozni (800 dollar - tahr.) ham qaytarmadi. Mayli, Xudoga soldim. Hammasiga Murod aybdor”, degan mazmundagi xabar qoldirilgandi xatda.
Gulchehra ayaning aytishicha, Naziraning telefoni haqiqatan dorixona egasi Murodda bo‘lgan, IIB xodimlari uyali aloqa vositasini Muroddan olib, Mamasoliyeva oilasiga qaytargan. Keyinchalik, Murod 800 dollarni ham qaytarib bergan.
- Qizim uydan hech nimani olib ketmagan. Kiyimlari, pullar, hujjatlari ham xonasida qolgan. Shu o‘tgan davr ichida uni qidirmagan joyimiz qolmadi, - deydi ona yig‘lab.
U bo‘lgan ishlarda ishbilarmon Murod ismli shaxsni ayblaydi:
- Agar u tahdid qilib, qo‘rqitmasa, ishlashga majbur qilmasa, shu voqealar yuz bermasdi. Boz ustiga, u Naziraning ustida turli bo‘htonlarni o‘ylab chiqardi. Turli uyat ishlarda ayblab, “shuning uchun Nazira qochib ketgan” deb mish-mish tarqatdi. Men esa qizimning o‘ligi yo tirigini ko‘ray deb yashayapman, - deb so‘ylaydi ona.
Namangan viloyati IIB Pop tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimi fuqaro Nazira Holmatovaga tegishli fuqarolik pasporti hanuzgacha Pop tuman Pasport bo‘linmasida saqlanayotganini ma’lum qildi.
Bu voqea bizning zamonda yuz berib turgan hodisalarning bir parchasi, ammo vaziyatga boshqa nigoh bilan qaraylik: endi o‘sib ulg‘ayotgan yosh bilan muomala qilganda, ishga qabul qilganda uning psixologik holati inobatga olinadimi? Ish joyida yosh kadrlarga ko‘p topshiriqlar berib, ularni qiynab, ishdan bezdirib qo‘ymayapsizmi? Oila boshliqlari ham farzandining kechinmalari, ayniqsa o‘tish davrida u nimalarni istayotgani bilan qiziqadimi? Albatta, har kim shu savollarni o‘ziga berishi kerak. Biz esa Naziraning omon uyga qaytishini umid bilan kutamiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi