Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan marg‘ilonlik Botirjon Ibragimov o‘z ixtiyori bilan yurtimizga qaytgani uchun unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilmay, o‘z oilasi bag‘riga qaytarildi, deb yozadi O‘zA.
Mamlakatimizda keyingi bir yil ichida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish borasida mutlaqo yangi tizim yaratildi. Ayniqsa, adashib jinoyat ko‘chasiga kirib qolganlarni kechirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Diniy-ekstremistik oqimlarga kirganlarning har biriga nisbatan mavjud hujjatlar din ulamolari, yaqinlari, qo‘ni-qo‘shni va qarindosh urug‘lari, mahalla aholisi fikrini inobatga olgan holda o‘rganilib, tegishli komissiya xulosasi qabul qilinayotir. Ana shu tizim asosida 2017 yilda 18 mingdan ortiq shaxs maxsus hisobdan chiqarildi.
Farg‘ona viloyatida ham maxsus qidiruvda bo‘lib, yurtimizga o‘z ixtiyori bilan qaytayotganlarni kechirish, ularni to‘g‘ri yo‘lga solish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shahar va tumanlarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Marg‘ilon shahrilik Botirjon Ibragimov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) jinoyatni sodir etib, 4 yil xorijda qidiruvda yurdi. O‘tgan davr mobaynida o‘z qilmishlaridan pushaymon bo‘ldi hamda o‘z ixtiyori bilan yurtiga qaytishga qaror qildi. “Farg‘ona” aeroportiga tushgan B. Ibragimov qamoqxonaga emas, o‘z oilasi bag‘riga topshirildi. Ayni kunlarda ichki ishlar idoralari tomonidan ochiqda tergov ishlari olib borilmoqda.
– Bugungi kunda joylarda qidiruvda bo‘lgan shaxslarning oila-a’zolari bilan suhbatlar, tushuntirish ishlari tashkil etilmoqda, – deydi viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Umidjon Soliyev. – Haqiqatdan ham ular o‘z ixtiyori bilan qaytsa, belgilangan ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, o‘z uyida, oilasi bag‘rida bo‘ladi. Botir Ibragimov ham birinchilardan bo‘lib, qaytgani uchun unga nisbatan qamoq jazosi qo‘llanilmadi. Albatta, tergov harakatlari tugagandan so‘ng, sud unga o‘z hukmini chiqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi