00:08 / 27.03.2018
5 368

Tinchlikni orzu qilgan afg‘onistonlik o‘zbek qizi

Tinchlikni orzu qilgan afg‘onistonlik o‘zbek qizi
Notinchlik, beqarorlik bor joyda ko‘proq xalq, oddiy odamlar jabr chekadi. Axir tinchlik bor joyda inson xotirjam yashaydi, orzu umidlar qiladi. Shu jihatdan afg‘on xalqi uzoq yillardan beri mamlakatdagi beqarorlikdan aziyat chekib keladi. Ana shunday sharoitda o‘sib ulg‘aygan afg‘onistonlik o‘zbek qizi Asila Nabizoda ham o‘z yurtida tinchlik o‘rnatilishini doim orzu qilib kelgan.

"Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasini bevosita kuzatish uchun Toshkentga kelgan A.Nabizoda biz bilan suhbatda o‘z vatani taqdiriga daxldor bunday nufuzli konferensiya tashkil etilganidan juda mamnun ekanini bildirdi.

Afg‘onistonning Samangon viloyatida tug‘ilib o‘sgan Asila o‘zi o‘zbek qizi bo‘lgani uchun ham O‘zbekiston hayoti bilan doim qiziqib kelgan.

– O‘zbekistondagi tinchlik va barqarorlik, taraqqiyot, xalqning farovon turmushiga doim havas bilan qaraganmiz, – deydi u. – Ayniqsa, bu zaminda katta shukuh bilan o‘tadigan bayramlar, sayillarni telekanallar orqali oilaviy tomosha qilardik. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovga ota-onamning hurmati juda baland edi. Bu inson afg‘on muammolariga doim e’tibor qaratgan, afg‘on xalqiga doim yordam berishga harakat qilgan. Bu xayrli ishlarni Prezident Shavkat Mirziyoyevning davom ettirayotganidan juda mamnunmiz. Afg‘onistonga oid konferensiyani tashkil etishdagi tashabbuslaridan butun afg‘onistonliklar minnatdor. Konferensiyani bevosita kuzatish uchun bizga imkoniyat yaratib berildi. Ayni paytda internet orqali konferensiya doirasida bo‘layotgan voqealar haqida Afg‘onistondagi yaqinlarimiz bilan muloqot qilib turibmiz. Xalqning xursandchiligining cheki yo‘q. Ular konferensiyada katta natijalarga erishilishidan juda umidvor.

Asila Nabizoda Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘anining 2017 yil dekabr oyida mamlakatimizga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazini tashkil etish bo‘yicha imzolangan bitim doirasida ayni paytda Termiz davlat universitetida o‘zbek tili va adabiyoti fakultetining bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan 96 afg‘onistonlik talabadan biri.

Fursatdan foydalanib u ta’lim olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim berish uslubi yuqori darajada ekanini bildirdi. Kelgusida Asila o‘z yurtiga borib o‘zbek tili va adabiyotidan nafaqat o‘quvchilarga ta’lim berish, balki O‘zbekiston tarixi, madaniyati, boy an’analari bilan ularni tanishtirishni maqsad qilgan.

Manba: O‘zA

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tinchlikni orzu qilgan afg‘onistonlik o‘zbek qizi